Bemorlar, tashriflar, to'lovlar va qarzlar bir joyda. Kim qancha qarzdor, kim kelmay qoldi, qaysi shifokor qancha ish qildi — daftar varaqlash shart emas.
Klinika kattalashgani sayin bu uchtasi eng ko'p pul yo'qotadigan joyga aylanadi.
Bemor bo'lib-bo'lib to'laydi, kim qancha bergani daftarda tarqoq yoziladi. Bahslashuvda isbot yo'q, ba'zi pul umuman unutiladi.
Breket, implant, kurs davolash — bemor 15 kundan keyin kelishi kerak edi. Kelmadi, hech kim sezmadi. Bu — yo'qolgan tushum.
Oy oxirida "kim qancha ish qildi" degan savol boshlanadi. Qo'lda sanash uzoq, xato chiqadi, xodim bilan tortishuvga aylanadi.
Shifokor qilgan ishlarini belgilaydi — summa chiqadi. Bemor qancha to'lasa, qoldiq o'sha zahoti yangilanadi. Hech kim hech narsani qo'lda qo'shmaydi.
Ortiqcha tugmalarsiz. Registratura ham, shifokor ham birinchi kuni ishlata boshlaydi.
Breket bemori har 15 kunda kelsa — har kelishi alohida saqlanadi: qaysi ish qilindi, qaysi tish, qancha turdi, keyingi safar qachon.
Bugun 2 mln, keyingi oy 1 mln — har bir to'lov alohida yoziladi, chek chiqariladi, qoldiq har doim ko'rinib turadi.
Bir xil ishni ikki shifokor turlicha narxda qilishi mumkin. Har biri o'z xizmatlari va narxlarini belgilaydi, tashrifda o'sha narx chiqadi.
Hamkasbining bemorlari, tushumi va narxlari unga ko'rinmaydi. Rahbar esa butun klinikani bir ekranda ko'radi.
Bugungi tushum, oylik tushum, umumiy qarz, qaysi shifokor qancha ish qildi — bosh sahifada, ochilishi bilan.
Har bir klinikaning bazasi butunlay alohida. Parollar shifrlangan, aloqa himoyalangan. Kerak bo'lsa server O'zbekistonda turadi.
Ilova Telegram ichida ochiladi. Shifokor bir marta raqamini yuboradi — keyin har safar bitta tugma. Login ham, parol ham yo'q.
Klinika turini tanlaysiz — narxlar ro'yxati va atamalar o'shanga moslanadi.
Sozlashni biz qilamiz — sizdan faqat shifokorlar ro'yxati va narxlaringiz kerak.
Shifokorlarni qo'shamiz, har biriga o'z xizmatlari va narxlarini kiritamiz. Mavjud bemorlar ro'yxatini ko'chiramiz — Excel bo'lsa ham, daftar bo'lsa ham.
Har bir shifokor Telegramda botga raqamini yuboradi — tamom. Ishlatishni ko'rsatish 10 daqiqa vaqt oladi.
Yoqmasa — hech qanday majburiyat yo'q, ma'lumotlaringizni chiqarib beramiz. Yoqsa, davom etamiz.
Sozlash, ma'lumot ko'chirish va o'rgatish — bepul. Istalgan vaqtda to'xtatasiz.
Bir martalik sotib olish narxi shifokorlar soni va kerakli sozlamalarga bog'liq — raqamingizni qoldiring, aniq javobini beramiz. Klinikangiz uchun sayt ham qilamiz — onlayn yozilish bilan, arizalar to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga tushadi. Dastur mijozlariga chegirma bilan.
Klinikangizni bir oy bepul sinab ko'rish uchun sozlab beramiz. Bir kun ichida javob beramiz.